O‘zbekiston va Qirg‘iziston hudud almashish jarayonini boshladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hudud almashish jarayonini boshladi
  • 0
  • 04.08.2026 18:08:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlar doirasida hudud almashish jarayonini rasman boshladi.

Kelishuvga muvofiq, avval Farg‘ona viloyati tarkibida bo‘lgan Cho‘ng‘ara va Toshtepa qishloqlari Qirg‘iziston tasarrufiga o‘tadi. Buning evaziga Qirg‘iziston O‘zbekistonga maydoni jihatidan teng bo‘lgan yer uchastkalarini beradi.

3-avgustdan boshlab ikki davlatning qo‘shma ishchi guruhi ushbu qishloqlarda amaliy ishlarni boshladi. Mutaxassislar aholini ro‘yxatdan o‘tkazish, fuqarolik maqomini aniqlash, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ko‘chirish va mulk bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Cho‘ng‘ara va Toshtepa qishloqlarida asosan etnik qirg‘izlar istiqomat qiladi. Ikki qishloq aholisi qariyb 2,5 ming kishini tashkil etadi. Ro‘yxatga olish ishlari yakunlangach, qonunchilikka muvofiq mahalliy aholiga Qirg‘iziston fuqaroligini berish jarayoni boshlanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News