- 3
- 26.05.2023 14:51:00
- 1 daq o'qish
Joriy yilning 30-iyundan boshlab «Uzbekistan Airways» Toshkent – Urumchi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni tiklaydi. Bu haqda aviashirkat matbuot xizmati xabar berdi.
Muntazam aviaqatnovlar har hafta juma/shanba kunlari (shanba kuniga o‘tadigan qatnov) amalga oshiriladi va chiptalar narxi:
Toshkent – Urumchi 2 738 000 so‘mdan boshlanadi.
Toshkent – Urumchi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta 4 867 000 so‘mdan boshlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Shinjondagi Urumchi shahriga O‘zbekistondan parvozlar koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 yil mart oyidan to‘xtatilgan edi.