Uzbekistan Airways Rossiyaga ketayotganlardan o‘zi bilan isiriq olmaslikni so‘radi

Uzbekistan Airways Rossiyaga ketayotganlardan o‘zi bilan isiriq olmaslikni so‘radi
  • 3
  • 05.04.2024 14:14:00
  • 1 daq o'qish

Uzbekistan Airways Rossiyaga jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilarga mamlakatda isiriq giyohvand moddalarni o‘z ichiga olgan va nazorat qilinadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilganini eslatdi. 

Rossiya Federatsiyasi hukumatining farmoniga ko‘ra, harmala (isiriq) o‘simligi Rossiyada giyohvand moddalarni o‘z ichiga olgan va nazorat qilinadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan. 

Isiriqni mamlakatga olib kirish bilan bog‘liq barcha harakatlar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News