O‘zbekiston Qirg‘iziston harbiy havo flotini ikkita jangovar vertolyot bilan to‘ldirdi

O‘zbekiston Qirg‘iziston harbiy havo flotini ikkita jangovar vertolyot bilan to‘ldirdi
  • 9
  • 23.10.2023 18:26:00
  • 1 daq o'qish

Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov 2021-yilda O‘zbekiston Qirg‘izistonga MI-8MTV harbiy vertolyotini bepul sovg‘a qilgani haqidagi ma’lumotni ulashdi.

Bundan tashqari, xuddi shunday yana bir aviatsiya Chirchiq aviataʼmirlash zavodiga kapital taʼmirga jo‘natilgan va uni rekonstruksiya qilish jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi to‘liq o‘z zimmasiga olgan.

Yaqinda O‘zbekistonning tegishli tuzilmalari MI-8MTV to‘liq ta’mirlangani va foydalanishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi “Sputnik Kirgizistan”.

Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi mutaxassislari ushbu vertolyotni qabul qilib, Chirchiqdan Chirchiq – O‘sh, O‘sh – Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha olib kelgan va faol foydalanishga tayyorligini tasdiqlagan.

Qirg‘iziston rahbari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Qirg‘iziston Respublikasi harbiy-havo kuchlari flotini to‘ldirgani uchun chuqur minnatdorlik bildirgan.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News