Jinsiy a’zosida oltin olib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi

Jinsiy a’zosida oltin olib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
  • 5
  • 08.10.2024 10:16:00
  • 1 daq o'qish

2-oktabr kuni BAAdan Turkiyaga uchib kelgan olti nafar O‘zbekiston fuqarosi 9 kg dan ortiq tillani jinsiy a’zosida noqonuniy olib o‘tayotganida qo‘lga olindi. Ayollar va ularni kutib olgan erkakning mashinasi tintuv qilinib, 110 grammlik 82 dona tilla quyma, 18 dona o‘yin pristavkalari va kontrollerlari (Playstation), 3 dona smartfon topildi. Shuningdek, tekshiruv davomida ayollarning jinsiy a’zolariga har biri 110 grammdan bo‘lgan yana 84 dona oltin quymalari tikilgani ma’lum bo‘ldi va umumiy og‘irligi 9 kg 240 gramm bo‘lgan barcha quymalar jarrohlik yo‘li bilan olib tashlandi. Hozirda ushbu ayollar va ularni kutib olgan erkak hibsga olingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News