Turkiyada o‘zbekistonlik ayol erini pichoqlab o‘ldirdi

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol erini pichoqlab o‘ldirdi
  • 0
  • 14.04.2025 12:55:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyaning Istanbul shahrida 28 yoshli o‘zbekistonlik ayol moddiy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘i, 42 yoshli Emre Erimni oshxona pichog‘i bilan o‘ldirdi. Hodisa 6-aprel kuni Kartal tumanida yuz bergan. Ayol voqeadan so‘ng taksi chaqirib, “erim kasal, shifoxonaga borishi kerak”, deb mashina so‘ragan.
Taksi haydovchisi holatni ko‘rib, 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘ragan. Voqea joyiga politsiya va tibbiyot xodimlari yetib kelgan va ayolni qo‘lga olgan. 
Er-xotinning turmush qurganiga 4 yil bo‘lgan va bir nafar bolasi bor.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News