Qirg‘iziston chegarachilari olib ketgan o‘zbek vatanga qaytarildi

Qirg‘iziston chegarachilari olib ketgan o‘zbek vatanga qaytarildi
  • 0
  • 18.05.2026 18:12:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Rishton–So‘x yo‘nalishidagi chegara hududida Qirg‘izistonning “Qaypas” o‘tkazish punktida O‘zbekiston fuqarosi kaltaklangani aytilgan videolar tarqaldi.
So‘x tumani hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, Qirg‘iziston chegara xizmati xodimlari va O‘zbekiston fuqarosi o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgan. Vaziyat tezkor choralar natijasida nazoratga olinib, fuqaro O‘zbekiston hududiga qaytarilgan. Ikki tomon vakillari ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda vaziyat tinch yo‘l bilan hal etilgan, tomonlar o‘zaro tushunmovchilik uchun uzr so‘rashgan.
Hokimlik fuqarolarni tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News