
- 12
- 28.07.2025 08:35:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston Germaniyada bo‘lib o‘tgan 2025-yilgi Jahon yozgi Universiadada 15 ta medalni (4 oltin, 4 kumush, 7 bronza) qo‘lga kiritib, umumiy hisobda 13-o‘rinni egalladi. Bu natija bilan mamlakat Markaziy Osiyodagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.
Musobaqada 18 ta oliygohdan 53 nafar talaba kamondan otish, yengil atletika, dzyudo, eshkak eshish, gimnastika, suzish, stol tennisi, taekvondo WT va jami 11 sport turida qatnashdi. Universiadada jami 136 davlatdan 5 mingdan ortiq sportchi qatnashgan.