Bolgariyada o‘zbekistonlik talaba qahramonlik ko‘rsatib halok bo‘ldi

Bolgariyada o‘zbekistonlik talaba qahramonlik ko‘rsatib halok bo‘ldi
  • 0
  • 09.08.2025 13:59:00
  • 1 daq o'qish

Bolgariyaning Sozopol shahrida 22 yoshli o‘zbekistonlik talaba cho‘kayotgan qizni qutqarishga urinib, halok bo‘ldi.

Voqea 7-avgust kuni qirg‘oqning qoyali hududida sodir bo‘lgan. Yigit suvga sho‘ng‘ib qizga yordam bermoqchi bo‘lganda, kuchli to‘lqin uni toshlarga urib yuborgan. Tanasi katta xarsanglar orasida tiqilib qolgan va qutqaruvchilar jasadni 9 soatdan ortiq vaqt davomida chiqarishga harakat qilgan.

Tashqi ishlar vazirligi hodisa yuzasidan Istanbuldagi Bosh konsulxona orqali Bolgariya rasmiylari hamda marhumning yaqinlari bilan hamkorlikda ish olib borayotganini bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News