O‘zbekiston FVV Turkiyada 9 kishini qutqardi

O‘zbekiston FVV Turkiyada 9 kishini qutqardi
  • 4
  • 08.02.2023 13:02:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Turkiya Respublikasiga yetib borishlari bilan zilzila yuz bergan hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlab yubordilar. 

Bugun, 8-fevral kuni soat 8:00 ga qadar  132 m.kv. maydonda 430 metr.kub vayronalarni tozalash ishlari bajarilib, natijada 9 nafar inson turli xildagi tan-jarohatlari bilan qutqarildi va ularga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, 12 nafar qurbonning jasadi vayronalar ostidan olib chiqildi.

Manba: Fvv.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News