Tunnel qazib, koloniyadan qochib ketgan o‘zbekistonlik mahbuslar

Tunnel qazib, koloniyadan qochib ketgan o‘zbekistonlik mahbuslar
  • 5
  • 26.10.2024 17:30:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyaning Lipetsk viloyatida olti mahkum koloniyadan qochib ketdi. Federal Jazoni ijro etish xizmati hududiy boshqarmasi koloniya hududini aylanib o‘tish chog‘ida tunnel topilgani, shundan so‘ng ular mahkumlar sonini sanashgani va olti kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi. 
Ular Davron Jabborov (tojik, zo‘rlashda ayblangan), Dilshol Arslonov (o‘zbek, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lganlikda ayblangan), Turg‘un Abdullayev (o‘zbek, zo‘rlashda ayblangan), Xurshilbek Daniyev (o‘zbek, giyohvand moddalar savdosida ayblangan), Parvozbek To‘raboyev (o‘zbek, giyohvand moddalar savdosi uchun), Baxtiyor Jumayev (zo‘rlashda ayblangan)lar bo‘lib, ayni paytda barcha tezkor xizmatlar ularni topishga qaratilgan bo‘lib, idoralararo guruh ishlamoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News