Begona ayolni ruxsatsiz suratga olgan o‘zbek Turkiyadan deportatsiya qilinmoqda

Begona ayolni ruxsatsiz suratga olgan o‘zbek Turkiyadan deportatsiya qilinmoqda
  • 0
  • 17.04.2025 16:08:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyada ayolni ruxsatsiz suratga olgan o‘zbekistonlik deportatsiya qilinadigan bo‘ldi. 13-aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi Istanbul metropolitenida turkiyalik ayolni ruxsatsiz suratga olgan. Keyin esa ayol bu haqda huquq-tartibot organlariga shikoyat qilgan va fuqaro qo‘lga olingan. Uning Turkiyada ishlashga ruxsatnomasi bekor qilingan, shuningdek, unga nisbatan maʼmuriy jazo va majburiy deportatsiya choralari ko‘rilmoqda. Bosh konsulxona aralashuvi natijasida mazkur fuqaroga nisbatan jinoiy javobgarlik bilan bog‘liq bo‘lmagan chora ko‘rilishiga erishilgan.

❗️Bosh konsulxona o‘zbekistonliklarni Turkiyada begonalarni, ayniqsa ayollarni ruxsatsiz suratga olish qonun bilan taqiqlanganligini eslatib, Turkiya qonunlariga rioya qilishga chaqirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News