Qozogʻistonda 14 yoshli qizni zoʻrlagan oʻzbekistonlik erkak umrbodga qamaldi

Qozogʻistonda 14 yoshli qizni zoʻrlagan oʻzbekistonlik erkak umrbodga qamaldi
  • 0
  • 04.09.2025 15:26:00
  • 1 daq o'qish

Qozog‘istonda 8-sinf oʻquvchisini bir necha bor zoʻrlagan 35 yoshli Oʻzbekiston fuqarosiga hukm oʻqilib, u umrbodga qamaldi. Erkak 2024-yil oʻrtalarida Qozogʻistonga qurilish ishlarini olib borish uchun kelgan. U Keles tumanidagi uyda ishlab yurgan vaqtida qoʻshni xonadonda yashovchi 2011-yilda tugʻilgan qizning nochor ahvolidan foydalanib, uning xohishiga qarshi bir necha marta jinsiy aloqa qilgan.Qiz homilador bo‘lib qolgach, onasi voqeadan xabar topgan va erkak bu haqda kimgadir aytsa, sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan. Shu sababli qiz uzoq vaqt indamay yurgan, voqea esa tasodifan ma’lum bo‘lgan. Sudlanuvchi oʻz aybini tan olmadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News