Amakisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan o‘zbekistonlik qizlar vatanga qaytarildi

Amakisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan o‘zbekistonlik qizlar vatanga qaytarildi
  • 8
  • 26.08.2024 15:58:00
  • 1 daq o'qish

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik ikki voyaga yetmagan jiyaniga uyatsiz, buzuq harakatlar qilgan erkak ushlandi. 6-iyun kuni 24 yoshli ayol bolalar ombudsmaniga ota-onasi vafot etgach, 2 singlisi Qozog‘istonda yashovchi amakisiga berilgani, amakisi esa qizlarga uyatsiz buzuq harakatlar qilayotganini aytib, singillariga jinsiy zo‘ravonlik sodir etayotgan amakisiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni hamda singillarini O‘zbekistonga qaytarib, ularga o‘zini qonuniy vakil etib tayinlanishida amaliy yordam so‘ragan.

Qizlar 24-avgust kuni O‘zbekistonga qaytarilgan. Hozirda jinsiy zo‘ravonlik qilgan shaxsga nisbatan dastlabki tergov tamomlanib, jinoyat ishlari bo‘yicha tegishli tuman sudiga yuborilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News