
- 6
- 09.03.2023 16:59:00
- 1 daq o'qish
Toshkentda qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi qitʼa birinchiligi yakunlandi. 2-9-mart kunlari oʻtkazilgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 9 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.
Qayd etish joiz, musobaqa yakuniga koʻra, Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan Janubiy Koreyadan soʻng ikkinchi, yoshlar toifasida esa 6 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
