
- 4
- 18.09.2026 14:21:00
- 1 daq o'qish
Rossiyaning Ufa shahrida 12 ta avtomobil ishtirokidagi YTHga sabab bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi 9 yilga koloniyaga hukm qilindi.
28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan. U Shacman rusumli yuk mashinasini tormoz tizimi nosoz bo‘lishiga qaramay boshqargan.
Sud ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi yukni belgilangan me’yordan ortiq yuklagan, yo‘l sharoitini hisobga olmagan va tezlikni oshirgan. Natijada yuk mashinasi boshqaruvdan chiqib, 12 ta avtomobil bilan to‘qnashgan. Avariya oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, bir yo‘lovchi og‘ir jarohat olgan.
Sud haydovchini 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Shuningdek, u jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin uch yil davomida avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etildi.