
- 4
- 28.06.2025 07:38:00
- 1 daq o'qish
Shayx Mansurga tegishli City Football Group kompaniyasi o‘zbek klubiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ma’lum qildi.
Ammo Otabek Umarov City Football Group aynan qaysi o‘zbek klubiga egalik qilishni istayotganiga aniqlik kiritmagan.
Qolaversa, arablar o‘zbekistonlik yosh iqtidorli futbolchi bilan ham shartnoma imzolamoqchi. Bu kim ekanligi ham hozircha sir saqlanmoqda.
2013-yilda Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya Abduqodir Husanov to‘p surayotgan “Manchester Siti”dan tashqari dunyoning bir nechta qit’asidagi futbol klublariga egalik qiladi.
Qator futbol insayderlari arablar nazariga tushgan klub sifatida “Qo‘qon 1912” yoki Toshkent klublaridan biri ekanligi haqida yozishmoqda.
Xo‘sh, sizningcha, arablar qaysi klubimizga ko‘z tikkan?🧐