
- 0
- 31.07.2026 17:52:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ikki mamlakat fuqarolarini chegaradan o‘tgach 15 kun davomida majburiy ro‘yxatdan o‘tishdan ozod etish bo‘yicha protokol imzolandi.
Mazkur hujjat 2006-yilda imzolangan fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risidagi bitimga qo‘shimcha hisoblanadi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari chegarani kesib o‘tgach, 15 kun davomida qabul qiluvchi davlatda vaqtinchalik yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari Qirg‘izistonga kirganidan keyin 5 kun ichida ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tishi talab etilardi. Yangi protokol ushbu muddatni 15 kungacha uzaytirishni nazarda tutadi.