❗️ AQSh xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini vaqtincha to‘xtatdi

❗️ AQSh xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini vaqtincha to‘xtatdi
  • 0
  • 29.05.2025 09:33:00
  • 1 daq o'qish

 

Tramp ma’muriyati AQSh elchixonalariga talaba va almashinuv dasturi (F, M, J vizalari) bo‘yicha yangi viza suhbatlarini vaqtincha to‘xtatishni buyurdi. Bu choralar xorijiy talabalar ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini kengaytirilgan tarzda tekshirish tizimi joriy qilinayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda.
Davlat departamenti barcha arizachilarning Instagram, X, TikTok kabi platformalardagi post va izohlarini milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan baholamoqchi. Falastin tarafdori bo‘lganlar va noroziliklarda qatnashgan talabalar alohida nazoratga olinadi. Hatta o‘chirilgan postlar ham skrinshot tarzida saqlanishi buyurilgan.
Bu choralar AQSh universitetlari uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki xorijiy talabalar mamlakatga har yili milliardlab dollar daromad keltiradi. Mutaxassislar viza to‘xtatilishi oliy ta’lim muassasalari oldidagi muammolarni yanada kuchaytiradi, deya ogohlantirmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News