AQSH Davlat kotibi Marko Rubio oktabrda Samarqandga keladi

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio oktabrda Samarqandga keladi
  • 5
  • 25.09.2026 16:35:00
  • 1 daq o'qish

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio oktyabr o‘rtalarida Samarqandga tashrif buyuradi. U O‘zbekistonga 100 dan ortiq Amerika kompaniyalari vakillaridan iborat biznes delegatsiyasi bilan keladi.
Tashrif davomida Rubio O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi C5+1 vazirlar uchrashuvida qatnashadi.
Uchrashuvda Markaziy Osiyoda iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, energetika xavfsizligini mustahkamlash, savdoni rivojlantirish va xususiy sektor investitsiyalarini rag‘batlantirish masalalari muhokama qilinadi.
AQSHning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorning ta’kidlashicha, tashrif AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi strategik hamkorlikni rivojlantirish hamda diplomatik va savdo aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News