
- 2
- 22.07.2024 14:44:00
- 1 daq o'qish
AQSH prezidenti Jo Bayden 21-iyul kuni prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida maʼlum qildi. U Amerika xalqiga ishonchi uchun samimiy minnatdorlik bildirgan.
Bayden o‘z o‘rniga prezidentlikka nomzod sifatida vitse-prezident Kamala Xarris nomzodini ilgari surmoqda. Tramp bunga javoban Baydenni “mamlakat tarixidagi eng yomon prezident” deb atadi. Shuningdek, Xarrisni “mag‘lub etish osonroq” ekanini ta'kidladi.