
- 0
- 03.04.2025 16:16:00
- 1 daq o'qish




AQSH prezidenti Donald Tramp 2-aprel kuni 185 ta davlatning mahsulotlariga bojlar belgiladi, ularning orasida O‘zbekiston (10%) ham bor.
Xitoyga nisbatan joriy qilingan 34% lik tariflarga qo‘shimcha ravishda, mamlakat fentanil ishlab chiqarishda ishtirok etgani uchun 20% lik qo‘shimcha boj ham kiritiladi. Yevropa Ittifoqi — 20 foiz, Yaponiya — 24 foiz, Janubiy Koreya — 25 foiz va boshqalar. Kanada va Meksika uchun esa avvalroq e’lon qilingan 25 foizli tarif qoldirildi. AQShning Meksika va Kanadaga nisbatan tariflar siyosati asosan noqonuniy immigratsiya va narkotiklar kontrabandasini to‘xtatishga qaratilgan.
Tramp, shuningdek, avtomobillar, farmatsevtika mahsulotlari, yog‘och, mis va mikrochiplar kabi mahsulotlarga alohida tariflar kiritishni rejalashtirmoqda.
Prezidentning aytishicha, bu – “Amerikaga boylikni qaytarish” yo‘lidagi muhim qadamdir.