
- 0
- 23.09.2025 16:17:00
- 1 daq o'qish
AQSHning Isroildagi elchisi Mayk Xakabi Isroilning ilm-fan va texnologiyadagi yutuqlarini dunyo yetarli darajada qadrlamayotganini ta’kidladi. U mashina navigatsiyasi, mobil telefonlar, robot jarrohligi va kapsula kameralar kabi ixtirolar uchun Isroilga minnatdorlik bildirilishi lozimligini aytdi.
Shuningdek, elchi hatto antiqa giloslar hamda urug‘siz tarvuzlarni yaratganlik uchun ham isroilliklardan minnatdor bo‘lish zarurligini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar buni to‘liq anglab yetmayapti.