
- 5
- 18.05.2026 11:21:00
- 1 daq o'qish
Milodiy II–VIII asrlarga oid noyob tarixiy artefaktlar Yevropadagi xalqaro tekshiruvlar natijasida O‘zbekistonga qaytarildi va ilk bor Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida namoyish etildi.
Qaytarilgan buyumlar orasida Kushon davriga oid haykal bosh qismlari, qadimiy devoriy suratlar, buddaviy san’at namunalar hamda Fayoztepa va Qoratepa yodgorliklariga tegishli osori atiqalar bor. Shuningdek, temuriylar davriga mansub noyob tosh kenotaf ham taqdim etildi.
Artefaktlar ilgari noqonuniy ravishda Yevropaga olib chiqib ketilgani aytilmoqda. Ularni aniqlash va qaytarish jarayoni Yevropa huquq-tartibot idoralari, xalqaro tashkilotlar va o‘zbekistonlik mutaxassislar hamkorligida amalga oshirilgan.
Mutaxassislar ushbu topilmalar O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo tarixini o‘rganishda muhim ilmiy va madaniy ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashmoqda.