O‘zbekistonda ishsizlik 5,1%gacha kamaydi

O‘zbekistonda ishsizlik 5,1%gacha kamaydi
  • 0
  • 15.08.2025 11:50:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda 2025-yil yanvar–iyun oylarida ishsizlik darajasi 5,1%ni tashkil etib, yil boshidan 0,4%ga kamaydi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 20,3 mln mehnat resursining 14,6 mln nafari ish bilan band, 781,6 ming kishi ishsiz. Bunda 15,4 millioni iqtisodiy faol aholi bo‘lsa, qolgani — 4,9 mlni iqtisodiy nofaoldir. Bandlarning 55%i rasmiy, 33%i norasmiy, 12%i xorijda ishlaydi. So‘nggi ikki yilda ishsizlik 8,1%dan 5,1%gacha tushgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News