
- 0
- 27.08.2025 10:11:00
- 1 daq o'qish
Hukumat qarori bilan ishsizlarga bepul kasb va xorijiy til o‘rganish imkonini beruvchi vaucher tizimi joriy etildi. Vaucher olgan fuqaro 3 oy ichida ecosys.mehnat.uz elektron reyestriga kiritilgan ta’lim muassasalaridan birida o‘qishni boshlashi kerak. Bu huquq faqat bir marotaba beriladi. Arizalar vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlari, hokim yordamchilari yoki ecosys.mehnat.uz tizimi orqali qabul qilinadi. Avvaliga talabgorlarga bo‘sh ish o‘rinlari taklif etiladi, mos kelmaganda esa vaucher berish masalasi ko‘rib chiqiladi. Nizom “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolari va rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish qidiruvchilarni ham qamrab oladi.