BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili missiyasini yakunladi

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili missiyasini yakunladi
  • 3
  • 21.07.2023 07:54:00
  • 1 daq o'qish

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska to‘rt yarim yillik faoliyatidan so‘ng mamlakatdagi missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 20-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazilgan. Tomonlar birgalikdagi ishlarni sarhisob qilgan. Matilda Dimovska “O‘zbekiston hukumati va rivojlanish bo‘yicha hamkorlarga ko‘rsatgan ulkan qo‘llab-quvvatlovi va sadoqati uchun chuqur minnatdorlik” bildirgan.

“BMTTD global rivojlanish saʼy-harakatlarini ilgari surish tarafdori bo‘lib qoladi hamda O‘zbekistonda barqaror, inklyuziv va farovon jamiyatni barpo etishni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, — deyiladi xabarda.

O‘z navbatida Baxtiyor Saidov ham “BMTTD bilan yaqin hamkorlik va aniq natijalarga erishishga qo‘shgan hissasi uchun Matilda Dimovskaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

“O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga sodiqdir”, — deydi TIV rahbari.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi 1993-yildan beri faoliyat yuritib, hukumat bilan uchta asosiy yo‘nalish — barqaror ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish, davlat boshqaruvi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida hamkorlik qiladi. 

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News