BMT Markaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq aholi qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotganini ma’lum qildi

BMT Markaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq aholi qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotganini ma’lum qildi
  • 0
  • 27.07.2026 12:33:00
  • 1 daq o'qish


BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilik oqibatlaridan zarar ko‘rmoqda. Mintaqadagi 152 million gektardan ziyod yer qurg‘oqchilik ta’sirida qolgan, yerlarning kamida 20 foizi esa degradatsiyaga uchragan.
Ta’kidlanishicha, bu holat dehqonchilik va chorvachilik samaradorligini pasaytirib, suv tanqisligi hamda aholi daromadlarining qisqarishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, Samarqandda o‘tgan Global ekologik jamg‘arma (GEJ) assambleyasida yer resurslarini tiklash va iqlim o‘zgarishiga moslashishga qaratilgan yangi loyihalar e’lon qilindi. BMT, shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan "Yashil makon" dasturini ham alohida e’tirof etdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News