BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari O‘zbekistonga keladi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari O‘zbekistonga keladi
  • 14
  • 07.03.2023 12:49:00
  • 1 daq o'qish

Joriy yilning 13-15 mart kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelmoqda. 

O‘zA xabariga ko‘ra, Folker tashrif davomida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari rahbariyati, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirmoqda.

Shuningdek, BMT vakili Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ham boradi.

Manba: Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News