Ulug‘bek Ro‘ziqulov yana “O‘zavtosanoat” raisi etib tayinlandi

Ulug‘bek Ro‘ziqulov yana “O‘zavtosanoat” raisi etib tayinlandi
  • 4
  • 24.03.2023 16:01:00
  • 1 daq o'qish

Ulug‘bek Ro‘ziqulov “O‘zavtosanoat” kompaniyasi boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu ma‘lumotni “Daryo” manbasi tasdiqladi.

U bunga qadar 2019-yilning oktabr oyidan O‘zbekistonning Vyetnamdagi elchisi vazifasida ishlagan. 2017—2018-yillarda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasida boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Ulug‘bek Ro‘ziqulov (1969-yilda tug‘ilgan) Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bitiruvchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti aspiranturasini tamomlagan, iqtisod fanlari nomzodi hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News