
- 10
- 05.12.2024 13:58:00
- 1 daq o'qish
Oʻzbekiston sporti tarixida yana bir yorqin sahifa yozildi. Taekvondo WT boʻyicha ikki karra Olimpiya chempioni Ulugʻbek Rashitov 2024-yil yakunlari boʻyicha “Yilning eng yaxshi erkak taekvondochisi” deb e’lon qilindi. Ushbu nufuzli sovrin Gonkongda oʻtayotgan pumse boʻyicha jahon chempionati oldidan tantanali ravishda topshirildi.
Ulugʻbek Rashitov Butunjahon taekvondo federatsiyasi tomonidan taqdim etilgan ilk oʻzbekistonlik sportchi bo‘ldi.
Haqiqiy nomzod, shunday emasmi?