Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi

Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi
  • 8
  • 13.03.2023 14:25:00
  • 1 daq o'qish

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Termiz shahrida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Unda 2022-yilning dekabr oyidan buyon Surxondaryo viloyatining hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Ulug‘bek Qosimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi. 

Ulug‘bek Qosimov 1983-yilda tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2005-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005-yilda Denov tuman prokuraturasida boshlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Qumqo‘rg‘on tuman prokurori, Surxondaryo viloyati Muzrabot va Denov tumanlarida hokim bo‘lib ishlagan.

U 2018-yilning noyabridan Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2019-yil sentyabrida Farg‘ona viloyatiga prokuror bo‘lgandi. 

Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangunga qadar Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News