BAA futbolchisi O‘zbekistonga kelsa qamalishi mumkin

BAA futbolchisi O‘zbekistonga kelsa qamalishi mumkin
  • 8
  • 14.10.2024 09:42:00
  • 1 daq o'qish

15-oktabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon Chempionati saralashi doirasida BAAga qarshi maydonga tushadi. BAA O‘zbekistonga 4 yo‘qotish bilan kelmoqda: Kuadio, Yahyo Nodir va Abdulrahmon Solih. 4-yo‘qotish — Fabio De Lima. “Al-Vasl” futbolchisi 2013-yilda O‘zbekiston fuqaroligi pasportini olgan va BAA chempionatida osiyolik legioner sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Bu holat O‘zbekistonda tekshiruvga sabab bo‘lgan va bu raqamli pasport aslida boshqa odamga tegishli ekani maʼlum bo‘lgan. 2020-yil Lima BAA fuqaroligini olgan. 

Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev uning O‘zbekistonga kelishiga hech qanday qonuniy to‘siq ko‘rmayotganini aytmoqda, ammo Lima ish hali ochiq bo‘lishidan qo‘rqadi va tavakkal qilishni xohlamaydi.

Fabio “Al Vasl”ning O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan o‘yinlariga ham kelmagandi. Ertangi o‘yinni futbolchi BAAdan turib tomosha qiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News