AQSh harbiy bazalariga uchuvchisiz samolyotlar va raketalardan 13 ta zarba berildi

AQSh harbiy bazalariga uchuvchisiz samolyotlar va raketalardan 13 ta zarba berildi
  • 17
  • 26.10.2023 14:41:00
  • 1 daq o'qish

AQSh Mudofaa vazirligi vakilining ma’lum qilishicha, AQSh harbiy obektlari uchuvchisiz samolyotlar va raketalar zarbasiga uchragan. U Eronga aloqador guruhlarni aybladi.

AQSh va IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashayotgan xalqaro koalitsiyaning Suriya va Iroqdagi harbiy bazalari so‘nggi bir hafta ichida 13 marta hujumga uchragan, dedi Pentagon matbuot kotibi general Pet Rayder 24 oktyabr, seshanba kuni. 17 oktyabrdan 24 oktyabrgacha bo‘lgan davrda askarlar Iroqda kamida 10 marta, Suriyada esa uch marta raketa va uchuvchisiz uchoqlar zarbasiga uchragan, deydi u.

Generalning so‘zlariga ko‘ra, hujumlar ortida «Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) va Eron rejimidan ko‘mak olayotgan guruhlar» turibdi. Iroqdagi guruh hujumlarning bir qismi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi va tegishli xabarlarni Telegram messenjerida e’lon qildi. 

Manba: Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News