
- 1
- 20.06.2025 08:00:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahri Chilonzor tumanida kechasi soat 02:30 da ikki yigit telefon do‘konining oynasini sindirib, ichkariga kirgan va 41 ta iPhone hamda boshqa mahsulotlarni o‘g‘irlab ketgan. Do‘kon egasining aytishicha, zarar 330 million so‘mdan oshgan.
IIB ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchilardan biri voyaga yetmagan, ikkinchisi esa ilgari ham 3 marta o‘g‘irlik uchun sudlangan.
Telefonlar sotib yuborilgan, pul esa yarmiga bo‘lingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voyaga yetgan shaxs qamoqqa olingan, voyaga yetmagan yigit esa shartli kafillik asosida tergov ostida qolmoqda.