Toshkent viloyatida ikki nafar yigit narkotik bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida ikki nafar yigit narkotik bilan qo‘lga olindi
  • 0
  • 16.05.2026 12:39:00
  • 1 daq o'qish

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona xodimlari Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida ikki yigitni narkotik modda bilan ushladi. Ta’kidlanishicha, Samarqand shahrida yashovchi, 25 va 24 yoshli ushbu ikki fuqaro qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 5 kilogramm 160 gramm opiy moddasini olib ketayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hamda tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, DXX fuqarolarni giyohvandlik vositalari savdosiga oid holatlarga duch kelganda 1520 qisqa raqami orqali xabar berishni so‘radi. Murojaat qilganlarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News