Samarqandda kuzatuv kamerasi o‘rnatayotgan ikki ishchi tok urishi oqibatida vafot etdi

  • 0
  • 12.06.2025 15:13:00
  • 1 daq o'qish

 

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida kuzatuv kamerasini o‘rnatayotgan ikki nafar ishchi tok urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda xabar berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Toyloq tumanining “Bog‘izag‘on” mahallasida joylashgan savdo do‘konida sodir bo‘lgan. Kamera o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi firmaga tegishli xodimlar metall narvonni ehtiyotsizlik bilan “Anzur” fiderining havo elektr uzatish tarmog‘iga tekkizgan. Oqibatda ularni tok urgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News