14 yoshli bola boshqaruvidagi mashina YTHga uchrab ikki o‘smir halok bo‘ldi

14 yoshli bola boshqaruvidagi mashina YTHga uchrab ikki o‘smir halok bo‘ldi
  • 0
  • 25.04.2025 12:10:00
  • 1 daq o'qish

19-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida voyaga yetmagan 14 yoshli bola otasining mashinasini katta tezlikda boshqarib, to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Oqibatda mashinadagi 14 yoshli besh nafar o‘smirdan ikki nafari voqea joyida vafot etgan. Qogan uch nafar o‘smir og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News