
- 0
- 22.09.2025 13:12:00
- 1 daq o'qish
19-sentaabr kuni Sirdaryo tumani “Furqat” mahallasi hududida 15 yoshli D.A. otasining “Lacetti” avtomashinani ruxsatsiz boshqarib ketayotib, yuqori tezlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, zovurga tushib ketgan. Avtomobil esa yonib ketgan. Natijada mashina salonidagi ikki nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan, haydovchi esa tirik qolib, shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.