
- 7
- 11.07.2023 13:06:00
- 1 daq o'qish
Amaliyotchi talabalar ishga emas, qamoqqa yo‘l oldi. Surxondaryoda bankda amaliyot o‘tayotgan talabalar fuqaroning bank kartasidan 75 mln so‘m “uxlatgani” aniqlandi.
Surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, banklardan birida amaliyot o‘tagan ikki nafar talaba mijozlardan qo‘shimcha daromad olishga qaror qilgan. Ular do‘sti nomiga sim-karta rasmiylashtirib, so‘ngra bank xodimlarini aldab, arizachining plastik kartasidan barcha pullarni o‘g‘irlab, boshqa kartaga o‘tkazib berishgan. Shundan so‘ng, tibbiy niqob va ko‘zoynak taqqan talabalar bankomatlardan birida to‘liq summani naqd pulga aylantirishgan. Tez orada jinoyatchilar qo‘lga olindi. Ulardan biri onasiga 59 million so‘m bergan. Bu summa xolislar ishtirokida olib qo‘yildi. Stajyorlarga nisbatan 169-modda 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud ulardan birini 2 yil 3 oyga, ikkinchisini 2 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Manba: podrobno.uz