
- 4
- 12.08.2023 15:39:00
- 1 daq o'qish
Yunusobod tumani hokimligi liftda qamalib qolgan ikki fuqaroga liftni ishlab chiqargan kompaniya shartnoma yoʼqligi sabab bepul xizmat koʼrsatmasligini aytgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki kishi boʼlgan lift ochilmay qolgani yuzasidan xabar tarqaldi. Ushbu holat Yunusobod tumani hokimligi va huquqni muhofaza qilish organlari masʼullari tomonidan joyiga chiqib oʼrganilgan.
Аniqlanishicha, 7 avgust kuni soat 17:14 da tumandagi 5-markaz, 74-uyning liftida 2 nafar fuqaro borligida ochilmay qolgan. Ular dastlab, ushbu liftni ishlab chiqargan kompaniyaga telefon qilgan. Shu ondayoq kompaniya masʼullari liftga xizmat koʼrsatmasligini bildirgan. Shundan soʼng, ular Toshkent shahar FVB boʼlimi markaziy dispetcherlik markaziga aloqaga chiqqan. Oradan besh daqiqa oʼtmasdan fuqarolar liftdan chiqarilgan. Ular tuman FVB xodimlariga oʼz minnatdorchiligini bildirgan.
Qayd etilishicha, mazkur lift “Texnopark” MChJ tomonidan “Osten” brendi ostida ishlab chiqilgan boʼlib, olti oygacha sinov muddati belgilangan. Lift uyga 15 kun avval oʼrnatilgan boʼlib, hozirgi kunda sinov muddatini oʼtayotgani sababli xizmat koʼrsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasiga topshirilmagan.
“Lift Boshqaruv servis kompaniyasiga topshirilganidan soʼng xizmat koʼrsatish boʼyicha BSK bilan shartnoma imzolanadi. Oʼrnatilgan har bir liftning kirish peshtoqiga xizmat koʼrsatuvchi va qutqaruv xizmati telefon raqamlari yozib qoʼyilganligi maʼlum boʼldi”, — deyiladi munosabatda.
Liftda qamalib vafot etgan ayol voqeasi