Qamchiq dovonida ikki kishi ehtiyotsizliklari oqibatida halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida ikki kishi ehtiyotsizliklari oqibatida halok bo‘ldi
  • 6
  • 09.01.2025 13:09:00
  • 1 daq o'qish

 

8-yanvar kuni Qamchiq dovonida qor uchgani chiqqan ikki kishi qor uyumi ostida qolib vafot etdi. Ular sinfdoshlari bilan tog‘ tepaligiga dam olish maqsadida chiqishgan va  ehtiyotsizliklari oqibatida tog‘ tepaligidan yiqilib, voqea joyida vafot etgan. Aniqlanishicha, 31 yoshli fuqaro yo‘lning chetroq qismida selfi qilayotgan vaqtda yiqilib tushgan. Yordam bermoqchi bo‘lgan yana bir sherigi uning oldiga tushgach, ularning ustidan bir necha metrlik qor uyumi bosib qolgan.

Marhumlarning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlandi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News