
- 0
- 26.06.2025 12:14:00
- 1 daq o'qish
Xitoyning Endemik kasalliklarni nazorat qilish instituti olimlari Yunnan provinsiyasida yig‘ilgan ko‘rshapalaklar buyraklarida Nipah va Hendra viruslariga o‘xshash ikki yangi virus aniqladi. Bu viruslar bosh miya yallig‘lanishi va nafas yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
To‘rt yil davomida 142 ko‘rshapalak tekshirilgan va umumiy 22 virus aniqlangan, shundan 20 tasi ilgari fanga noma’lum bo‘lgan. Shuningdek, yangi parazit va bakteriyalar ham topilgan. Tadqiqotchilar bu natijalar zoonoz xavfini chuqurroq o‘rganish zarurligini ta’kidlashmoqda.