Toshkentda ikki oylik chaqaloq qo‘li amputatsiya qilindi

Toshkentda ikki oylik chaqaloq qo‘li amputatsiya qilindi
  • 2
  • 20.01.2025 15:36:00
  • 1 daq o'qish

 

Ijtimoiy tarmoqlarda shifokorlarning noto‘g‘ri muolajasi oqibatida 2 oylik chaqaloqning qo‘llari kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha 2024-yil 9-dekabr kuni ota-ona isitmalagan chaqalog‘ini shifoxonaga olib borgan. Bemor zudlik bilan navbatchi shifokor N.Sultanova tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Dastlabki tekshiruv davomida unga pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemorning ahvoli shifokorlar tomonidan og‘ir deya baholanib, darhol muassasaning chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyasi bo‘limiga gospitalizatsiya qilingan. Tekshiruvlardan keyin bemorga asosiy “Sepsis” tashxisi qo‘yilgan. Bundan tashqari esa “Tug‘ma yurak nuqsoni-bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni” kasalligi va uning asorati bo‘lgan “Nafas yetishmovchiligi 1-2-daraja. Yurak-qon tomir yetishmovchiligi 1-2-a darajasi” tashxisi qo‘yilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi davolanish vaqtida chaqaloqqa “chap tomonlama yelka arteriyasi tromboemboliyasi, chap qo‘l va chap qo‘l panjasida qon aylanishining 3-a darajali o‘tkir buzilishi, poliorgan yetishmovchiligi” tashxisi qo‘yilgani va ota-onasining roziligi bilan bir qo‘li amputatsiya qilinganini ma’lum qildi. 
Mazkur holat sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olinib, vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News