
- 0
- 03.08.2026 18:14:00
- 1 daq o'qish
Gretsiyada o‘rmon yong‘inini o‘chirish ishlari vaqtida ikkita o‘t o‘chirish vertolyoti havoda to‘qnashib ketdi. To‘qnashuv oqibatida, vertolyotlardan biri yerga qulab tushgan. Ikkinchi vertolyot esa favqulodda qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan. Gretsiya rasmiylari halokat natijasida qulagan vertolyot bortidagi ikki ekipaj a’zosi halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Hozirda hodisa sabablariga aniqlik kiritish uchun tergov harakatlari boshlangan.