
- 0
- 18.09.2025 09:28:00
- 1 daq o'qish
Xitoyning Chanchun shahrida aviashou repetitsiyasi vaqtida XPeng AeroHT kompaniyasiga tegishli ikki elektr uchar avtomobil (eVTOL) bir-biriga urildi. Hodisa natijasida bir apparat yerga qulab yonib ketdi, ikkinchisi esa nisbatan salomat tushdi. Rasmiylarga ko‘ra, og‘ir jarohatlar qayd etilmagan, faqat bir kishi yengil jarohat bilan shifoxonaga olib ketilgan. Kompaniya hodisa bo‘yicha tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.