
- 0
- 09.09.2025 08:02:00
- 1 daq o'qish
Hindistonning Gurgaon shahrida shifokorlar bir oylik qizaloq qornidan jarrohlik amaliyoti orqali ikki rivojlanmagan embrionni olib tashlashdi. Bu juda kam uchraydigan “homila ichidagi homila” holati bo‘lib, dunyoda atigi 300 ta shunday voqea qayd etilgan. Qizaloq aslida uch egizakdan biri bo‘lishi kerak edi, biroq ikki homila rivojlanmay uning qornida paydo bo‘lgan. Qorni kattalashib, ovqat yemay qo‘ygach ota-onasi uni shifoxonaga olib kelgan. Ikki soatlik murakkab operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanib, chaqaloq sog‘lom holda uyiga chiqarilgan.