
- 6
- 28.09.2023 17:40:00
- 1 daq o'qish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari ishdan olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, prezidentning tegishli farmoni bilan 2021-yilning yanvaridan ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Rustamov Olimxon ishdan olingan.
Shuningdek, 2023-yil fevralida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Xamidov Sarvar ham lavozimidan ozod qilingan.
20-fevral kuni prezident qarori bilan Nozim Xolmurodov vazirning birinchi o‘rinbosari, Olimxon Rustamov, Xurram Teshaboyev, Oybek Xamrayev, Sarvar Xamidov, Baxriddin Abidovlar esa vazir o‘rinbosarlari etib tayinlangandi.
Manba: Daryo.uz