
- 0
- 09.08.2025 12:23:00
- 1 daq o'qish
Ma’lum bo‘lishicha, ikki yigit Samarqandda yo‘lovchi sifatida avtomobilga chiqqan. Haydovchi yo‘lda to‘xtab, hojatxonaga kirgan vaqtida ular Cobalt’ni olib qochgan.
Avtomobilni to‘xtatmoqchi bo‘lgan ichki ishlar xodimiga yigitlardan biri o‘tkir tig‘li buyum bilan hujum qilib, jarohat yetkazgan. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordam sabab xodimning hayoti saqlab qolingan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida yigitlar Toshkent viloyati Ohangaron shahrida qo‘lga olingan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-, 97- va 267-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.