
- 2
- 25.03.2025 08:46:00
- 1 daq o'qish
Ilon Mask ijtimoiy tarmoq kompaniyasini egallab, uni X brendiga aylantirgandan so‘ng, Twitter'ning sobiq San-Fransisko shtab-kvartirasidan olib tashlangan mashhur qush logotipi kimoshdi savdosida 34 375 dollarga sotildi. Bu haqda “Associeted Press” nashri xabar berdi.
Mask avvalroq ham Twitter'ga tegishli turli narsalarni sotuvga qo‘ygan edi. Ular orasida logotiplar, yodgorlik buyumlari, shuningdek, oshxona anjomlari va ofis mebellari kabi oddiyroq jihozlar bor edi.